Bugun 16 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Saudiyaliklar «Barsa»ga Yamal uchun 400 million yevro taklif qildimi?

Saudiyaliklar «Barsa»ga Yamal uchun 400 million yevro taklif qildimi?

"Barselona"da Lamin Yamal transferi bo‘yicha taklif yo‘q.

Avvalroq, Ispaniya matbuotida "Al-Hilol" 18 yoshli vinger uchun 400 million yevro va futbolchi uchun 7 yillik shartnoma taklif qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Kataloniya klubi bunday taklif olganini rad etib, Lamin Yamal sotilmasligini ta’kidladi, deb yozadi Marca.

Bundan tashqari, ushbu yozda vinger "Barselona" bilan shartnomasini 2031 yilgacha uzaytirdi.

Bu mavsumda ispaniyalik futbolchi La Ligada 4ta o‘yinda 2ta gol urdi va 3ta golga assistentlik qildi.

Kiritildi: 17:05 13.10.2025. O'qildi: 582 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!