Isroil Qatarga zarba berganidan so‘ng Tramp Netanyahuga G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha bosimni kuchaytirdi, deb yozmoqda Politico
Gazeta manbalariga ko‘ra, aynan Isroilning Dohaga bergan zarbasi AQSh prezidenti Donald Trampning G‘azo masalasida murosasiz siyosat yuritayotgan Binyamin Netanyahuga nisbatan bosimni kuchaytirishiga turtki bo‘ldi.
"Dohaga uyushtirilgan havo hujumidan keyin tinchlik kelishuvi zarurati yanada dolzarb bo‘ldi. AQSh prezidenti G‘azodagi urushni to‘xtatish masalasida ancha keskin va aniq pozisiyani egalladi. Bu prezidentga Isroilga maksimal bosim o‘tkazish imkonini berdi, u bundan foydalandi va Netanyahuni sulhga rozi bo‘lishga majbur qildi", — dedi Oq uyning yuqori lavozimli vakili.
Politico maqolasida ta’kidlanishicha, Trampning 20 banddan iborat tinchlik rejasi rasmiy jihatdan Isroil tomonini ham qoniqtiradi. Ushbu rejaga ko‘ra, garovdagi isroilliklar ozod etiladi, HAMAS esa G‘azoni tark etishi kerak. Biroq tahlilchilar bu rejaning to‘liq amalga oshishiga shubha bilan qaramoqda.