Bugun 11 oktyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Daniya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqchi

Daniya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqchi

Daniya hukumati 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlashni rejalashtirmoqda.

Bu haqda AFP axborot agentligi xabar berdi.

Bosh vazir Mette Frederiksen bu tashabbusni parlamentdagi chiqishi chog‘ida ma’lum qildi. U qaysi ijtimoiy media platformalari taqiqlanishiga aniqlik kiritmadi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, statistik ma’lumotlar muammoning jiddiyligini ko‘rsatadi: mamlakatdagi 11 yoshdan 19 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalarning 60 foizi do‘stlari bilan uchrashishdan ko‘ra uyda vaqt o‘tkazishni afzal ko‘radi.

Taklif etilayotgan qoidalarga ko‘ra, 13 va undan katta yoshdagi bolalar ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishlari mumkin, biroq ota-onalar ruxsati bilan.

Sentyabr oyida Fransiya parlamentining tegishli qo‘mitasi 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlash kerak degan xulosaga kelgan edi. Bu chora-tadbirlar ijtimoiy tarmoqlarda o‘z-o‘ziga zarar yetkazishga undaydigan materiallar va ekstremistik mazmundagi materiallar tarqalishi fonida bolalar xavfsizligi uchun zarur, deb yozadi nashr.

Kiritildi: 11:00 08.10.2025. O'qildi: 478 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!