AQSh prezidenti Donald Tramp razvedka xizmatlari uchun yopiq brifing o‘tkazadi.
Bu haqda Oq uy e’lon qilgan jadvaldan kelib chiqib RBK xabar bermoqda.
Brifing 8 oktyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 11:00 da Oq uyning Oval kabinetida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv matbuot uchun yopiq tarzda o‘tadi va boshqa tafsilotlar, jumladan, mavzu haqida ma’lumot berilmagan. Keyin, mahalliy vaqt bilan soat 15:00da Tramp Respublikachilar partiyasi avvalroq terrorchi tashkilot deb topgan Antifa harakati bo‘yicha davra suhbatida ishtirok etadi.
Bu razvedka brifingi Tramp uchun oy boshidan beri ikkinchi bo‘ladi. Oldingi tafsilotlar ham jadval veb-saytida ko‘rsatilmagan.