AQSh Milliy gvardiyasi qo‘shinlari mahalliy hokimiyat noroziligiga qaramay, Illinoys shtatining Chikago shahri chekkasiga yetib keldi.
Bu haqda Amerika OAVlari xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh armiyasining o‘quv markazi joylashgan Elvud chekkasida kamuflyajdagi qurolli qo‘shinlar kuzatilgan.
AQSh prezidenti Donald Tramp avvalroq Chikagoda tartibni tiklashga yordam berish uchun Milliy gvardiyaning 300 nafar askariga buyruq bergan edi.
Illinoys gubernatori, demokrat Jey Bi Prisker prezident qarorini keskin tanqid qildi. Uning fikricha, mahalliy hokimiyat Chikagoda milliy gvardiyasiz xavfsizlikni saqlashga qodir.