Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining qaroriga asosan bank foydasiga qarzdor S.U.dan kredit qarzdorligini garovdagi mulk — „Malibu 2“ avtomashinasi hisobiga qoplash to‘g‘risidagi ijro varaqasi Byuroning Samarqand shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.
Biroq qarzdor S.U. bir necha bor ogohlantirilishiga qaramasdan bankdan olingan 273 mln so‘m qarzdorlikni to‘lamay kelgan va o‘zining garovdagi avtomashinasini hatlovdan yashirib yurgan.
Ijro harakatlari davomida shahar markaziy ko‘chalarida harakatlanayotgan vaqtda avtomashinasi to‘xtatilib, jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Endilikda qarzdorlik qoplanmasa, mazkur avtomashina auksion savdolari orqali sotilib, tushgan mablag‘ esa qarzdorning bank oldidagi majburiyatlarini qoplashga yo‘naltiriladi.