Bugun 9 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Sirdaryo viloyatida sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqargan AYOQShga nisbatan chora ko‘rildi

Sirdaryo viloyatida sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqargan AYOQShga nisbatan chora ko‘rildi

O‘zenergoinspeksiyaning Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida “G.O.T.” MCHJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida (AYOQSh) AI-80 markali avtobenzindan namunalar olinib, laboratoriya tahliliga yuborildi.

Tahlil natijasiga ko‘ra, mazkur yoqilg‘i mahsuloti davlat standartlari talablariga javob bermasligi — ya’ni sifatsiz ekani aniqlandi.

Mazkur qonunbuzarlik holati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 43-moddasiga muvofiq, realizasiya qilingan neft mahsuloti qiymatining 50 foizi miqdorida — 18,7 million so‘m jarima qo‘llanildi.

1️⃣ Shu bilan birga, sifatsiz mahsulotlarning qolgan qismini sotuvga chiqarmaslik hamda ularning sifatini tiklash choralarini ko‘rish bo‘yicha rasmiy ko‘rsatma berildi.

Kiritildi: 18:03 06.10.2025. O'qildi: 504 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!