"Benfika"ning bir nechta o‘yinchilari virus yuqtirgani haqidagi xabarlardan so‘ng, "Portu"ga qarshi o‘yin qoldirilishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqaldi. Bosh murabbiy Joze Mourinyo vaziyatga izoh berdi.
Mourinyo jamoada kasallikka chalingan futbolchilar yo‘qligini va o‘yin qoldirilmaganini ma’lum qildi.
"Barcha futbolchilar sog‘-salomat, o‘yinni qoldirishga asos yo‘q", - deya ta’kidladi bosh murabbiy.