Bugun 7 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Federal Qidiruv Byurosi rahbari Maduroni "narkotik sotadigan diktator" deb atadi va uning uchun 50 million dollar mukofot va’da qildi

Federal Qidiruv Byurosi rahbari Maduroni "narkotik sotadigan diktator" deb atadi va uning uchun 50 million dollar mukofot va’da qildi

Federal Qidiruv Byurosi (FQB) direktori Kesh Patel Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni "narkotik sotadigan diktator" deb atadi va uni qo‘lga olganga 50 million dollar mukofot berilishini e’lon qildi.

Bu haqda Patel o‘zining ijtimoiy tarmoqda yozdi.

"Maduro shunchaki poraxo‘r emas, u narkoterrorda ayblangan diktator. Amerika hech qachon uning qon pullari uchun xavfsiz boshpana bo‘lmaydi", deyiladi postda.

Avvalroq, 3 oktyabr kuni AQSh harbiylari Venesuelada ehtimoliy giyohvandlikka qarshi operasiyaga tayyorligi xabar qilingandi. The Washington Examiner nashrining yozishicha, harbiy-dengiz kuchlari va havo kuchlari, jumladan, harbiy-dengiz kuchlari kemalari, F-35 qiruvchi samolyotlari, Harrier samolyotlari va dengiz piyodalari bo‘linmalari operasiyaga tayyorlandi. Asosiy portlar va aerodromlarni nazorat qilish AQShga mamlakatdagi doimiy harbiy ishtirokini oshirish va saqlab qolish imkonini beradi.

Kiritildi: 11:30 05.10.2025. O'qildi: 580 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!