Bugun 7 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

AQShdagi otishmada ikki nafar voya yetmagan bolalar halok bo‘ldi

AQShdagi otishmada ikki nafar voya yetmagan bolalar halok bo‘ldi

Texas shtatining Angleton shahri yaqinidagi yuk mashinasi bekatida sodir bo‘lgan otishmada ikki nafar voya yetmagan bolalar halok bo‘ldi, yana ikki nafari yaralandi.

ABC News telekanali xabariga ko‘ra, Brazoriya okrugi sherif idorasi voqea haqida Facebook ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilgan.

"Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 13 va 4 yoshli ikki bola halok bo‘lgan, yana ikki nafar 8 va 9 yoshli bolalar shifoxonaga yetkazilgan, ularning ahvoli og‘ir”, — deyiladi xabarda.

Telekanal xabariga ko‘ra, huquq-tartibot idoralari xodimlari otishmaga aloqadorlikda gumon qilib, ayolni qo‘lga olgan. Voqea sabablari o‘rganilmoqda, biroq mahalliy aholiga tahdid yo‘q.

Kiritildi: 09:00 05.10.2025. O'qildi: 550 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!