Oxirgi bir sutka ichida ikkinchi marta Myunxen aeroportidagi ikkala uchish-qo‘nish yo‘lagi kelib chiqishi noma’lum dronlar kuzatilgani tufayli yopildi, deya xabar bermoqda nashr.
Aeroport ma’muriyati bayonotida aytilishicha, Germaniya aviasiya boshqaruvchilari dronlar aniqlangani sababli ehtiyot chorasi sifatida Myunxen aeroportidagi parvozlarni cheklagan. Parvozlar “keyingi ogohlantirish”gacha to‘xtatilgan. Bu taxminan 6,5 ming nafar yo‘lovchiga ta’sir qilgan.
Payshanba kuni kechqurun ham, Myunxen aeroporti bir necha soatga yopilgan edi, chunki hukumat yaqin atrofda dronlar parvozini qayd etgandi.