Bugun 7 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Isroil hukumati harbiylarga G‘azodagi amaliyotni to‘xtatishni buyurdi — The Times of Israel

 Isroil hukumati harbiylarga G‘azodagi amaliyotni to‘xtatishni buyurdi — The Times of Israel

Nashrning xabar berishicha, Isroil Mudofaa armiyasiga (SAXAL) G‘azo sektoridagi qurolli operasiyani “minimal darajaga” qisqartirish buyurilgan.

"Tunda Isroil harbiy rahbarlarining favqulodda yig‘ilishi o‘tkazilgach, Bosh shtab boshlig‘i AQSh prezidenti Donald Trampning asirlarni ozod qilish rejasi amalga oshirilishiga tayyorgarlikni kuchaytirishni buyurdi", deb yozdi SAXAL o‘z Telegram kanalida.

Shu bilan birga, SAXAL operasion vaziyat inobatga olingan holda barcha qo‘shinlar yuqori darajadagi jangovar shaylikni va hushyorlikni saqlashi, har qanday tahdiddan tezda himoyalanish uchun tayyor bo‘lishini bildirdi.

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu idorasi ham AQSh prezidentining G‘azo sektori bo‘yicha rejasini birinchi bosqichini darhol amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rilayotganini ma’lum qildi.

Kiritildi: 10:20 04.10.2025. O'qildi: 971 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!