Bu haqda Al Jazeera axborot agentligi harakatning bayonotiga tayanib xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, HAMAS AQSh prezidenti Donald Trampni rejasiga muvofiq Isroilga barcha tirik asirlarni tiriklarni va halok bo‘lganlarning jasadlarini topshirishga rozi bo‘lgan.
"Harakat vositachilar orqali ushbu kelishuv tafsilotlarini muhokama qilish uchun muzokaralarni darhol boshlashga tayyorligini tasdiqlaydi", deya HAMASning bayonotidan iqtibos keltiradi Al Jazeera.
Guruh, shuningdek, G‘azo sektorini boshqarishni “Falastin milliy kelishuvi va arab hamda islomiy qo‘llab-quvvatlov asosida tashkil etilgan mustaqil tuzilma”ga topshirishga rozilik bildirgan.