Bugun 7 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Hasanboy Do‘smatovning navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi

Hasanboy Do‘smatovning navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi

Ikki karra Olimpiya chempioni Hasanboy Do‘smatov 25–26 oktyabr kunlari Bishkekda o‘tadigan boks oqshomida meksikalik Rene Kalistoga qarshi ringga chiqadi. Jang o‘ta yengil vazn (50,8 kg) toifasida bo‘lib o‘tadi va g‘alaba Hasanboyga IBF reytingida 2-o‘ringa chiqish imkonini beradi.

Do‘smatov hozirgacha 7 ta jangda qatnashib, barchasida g‘alaba qozongan. Kalisto esa 25 jangdan 23 tasida g‘alaba, 1 durang va 1 mag‘lubiyat qayd etgan. Ayni paytda IBF reytingida Kalisto 7-o‘rinda, Do‘smatov esa 8-o‘rinda turibdi.

Kiritildi: 23:45 03.10.2025. O'qildi: 1233 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!