Zelenskiy Kiyevda o‘tkazilgan brifingda Ukraina Qo‘shma Shtatlarga qiymatitaxminan 90 milliard dollarga teng bo‘lgan zaruriy qurollar ro‘yxatini topshirganini ma’lum qildi.
"Biz prezident Donald Tramp bilan Nyu-Yorkdagi uchrashuvda asosiy masalalarni muhokama qildik va bir qator kelishuvlarga erishdik. Endi amaliy bosqichga o‘tyapmiz", — dedi Ukraina prezidenti jurnalistlarga.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina rasmiylari sentyabr oxirida yoki oktyabr boshida Qo‘shma Shtatlarga borib, qurol-yarog‘ xaridi bo‘yicha muzokaralarni davom ettiradi. Bundan tashqari, dron ishlab chiqarish bo‘yicha alohida kelishuv ham muhokama qilinadi.
"Biz uzoq masofali zarba beruvchi tizimlar kabi aniq qurol turlari bo‘yicha bitimlarga ham tayyormiz", — deya ta’kidladi Zelenskiy.