Afg‘oniston bo‘ylab internet xizmati butunlay uzilib qolgan.
NetBlocks xalqaro internet-monitoring xizmati bu haqda o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
"Afg‘oniston hozirda internet to‘liq o‘chirilgan holatda, chunki Tolibon hukumati axloqni saqlash choralarini ko‘rmoqda" - deyiladi hisobotda.
Nashr ayni paytda telefon aloqasi uzilib qolganini ham qayd etadi.
Avvalroq Afg‘oniston OAVlari Afg‘oniston Islom Amirligi oliy rahbari Haybatulloh Oxundzoda "axloqsiz xatti-harakatlarning oldini olish" uchun bir qancha hududlarda simli internetni taqiqlashni buyurgani haqida xabar bergan edi. Rasmiylarning aytishicha, bu qaror davlat xizmatlari ishiga to‘sqinlik qilgan.