Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Termiz tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “B.D.” nomli baholash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi MCHJda norasmiy ishlab kelgan O.A. fuqaro D.B.ning ishonchiga kirib, uning “Mustaqillik” mahallasi hududidagi xonadoni buzilishga (SNOS) tushganligidan foydalanib, go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordami bilan 623 mln so‘m kompensasiya pulini tezlashtirib undirib berishi evaziga 900 AQSh dollari va 1 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, prokuraturaga yuborilgan.