Bugun 28 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Rossiyada benzin taqchilligi tufayli 360 ta yoqilg‘i quyish shahobchasi yopildi

Rossiyada benzin taqchilligi tufayli 360 ta yoqilg‘i quyish shahobchasi yopildi

Qrimda esa aholidan bunga sabr qilishni so‘rashmoqda

Nashrning xabar berishicha, Rossiya hukumati benzin eksportiga qo‘yilgan taqiqni 2025 yil oxirigacha uzaytirgan, shuningdek, yoqilg‘i ishlab chiqarmaydigan kompaniyalar uchun mamlakatdan dizel olib chiqishga ham cheklov saqlanib qoladi.

"Bu bizga ichki bozorni qo‘shimcha neft mahsulotlari bilan ta’minlash imkonini beradi", — dedi Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak.

Anneksiya qilingan Qrim rahbari Sergey Aksyonov mintaqadagi yoqilg‘i bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan aholiga videomurojaat yo‘lladi. U mahalliy aholi va sayyohlardan “sabr qilishni” so‘radi va AI-92 markali benzin muammosini ikki hafta ichida, AI-95 markali benzin bo‘yicha esa ikki kun ichida hal qilishga va’da berdi.

Aksyonov, shuningdek, yoqilg‘i ta’minotidagi uzilishlar Rossiya neftni qayta ishlash zavodlarida ishlab chiqarishning pasayishi bilan bog‘liq ekanini tan oldi.

“Izvestiya” gazetasining yozishicha, benzin ta’minotidagi uzilishlar 10 ta mintaqada, jumladan, Moskva shahri, Moskva viloyati, Belgorod va Saxalin viloyatlarida, Primore va Stavropol o‘lkalarida kuzatilmoqda.

“Kommersant’” nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina dronlarining Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga hujumlari natijasida so‘nggi ikki oy ichida mamlakatda benzin ishlab chiqarish taxminan 10 foizga kamaygan, 360 ta yoqilg‘i quyish shahobchasi yopilgan.

Kiritildi: 21:55 25.09.2025. O'qildi: 682 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!