Bugun 28 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Turkiyada 19 yoshli yigit, PUBG o‘yinidan ilhomlanib, 75 yil ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilindi

Turkiyada 19 yoshli yigit, PUBG o‘yinidan ilhomlanib, 75 yil ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilindi

SABAH nashri xabar berishicha, 2024 yil avgust oyida yigit qo‘lida pichoq va bolta, boshida himoya shlemi bilan kafe yonidagi odamlarga hujum qilgan. U voqeani jiletiga mahkamlangan mobil telefon orqali jonli efirda ham namoyish etgan. Hodisa natijasida yoshi 52 dan 88 gacha bo‘lgan besh kishi jabrlangan.

Prokuratura unga odam o‘ldirishga suiqasd va boshqalar hayotiga tahdid solish aybini qo‘yib, 108 yil qamoq jazosini talab qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Eskishehir og‘ir jinoyatlar sudi yopiq majlisda hukm o‘qib, Arda Kyuchyukyetimni 75 yil 5 oyga ozodlikdan mahrum etdi.

Kiritildi: 19:38 25.09.2025. O'qildi: 2935 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!