Bugun 28 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Nikolya Sarkozi saylov kampaniyasini Qazzofiydan olingan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirishda ayblanib, 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi — BFMTV

Nikolya Sarkozi saylov kampaniyasini Qazzofiydan olingan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirishda ayblanib, 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi — BFMTV

Telekanalning xabar berishicha, Parij sudi Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozini Liviyaning sobiq rahbari Muammar Qazzofiydan noqonuniy ravishda pul olganlikda aybdor deb topgan.

"Sarkozi 2005–2007 yillarda Liviya hukumati tomonidan uning saylov kampaniyasini moliyalashtirish bilan bog‘liq jinoiy til biriktirishda aybdor deb topildi. Mazkur ish doirasidagi boshqa ayblovlar — davlat mablag‘larini o‘zlashtirish, passiv korrupsiya va saylov kampaniyasini moliyalashtirishdagi qonunbuzarliklar bo‘yicha esa u aybsiz deb topildi", deyiladi sud hujjatida.

Prokuratura unga qo‘yilgan ayblovlar majmuasi bo‘yicha 7 yil qamoq jazosi so‘ragan edi. Sud sobiq prezidentni 5 yilga ozodlikdan mahrum etish to‘g‘risida qaror chiqardi, ammo hibsga olish hozircha kechiktirildi.

2007—2012 yillarda Fransiya prezidenti lavozimini egallagan Nikolya Sarkozi o‘ziga qo‘yilgan barcha ayblovlarni rad etmoqda.
Avvalroq u mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish, korrupsiya va 2012 yilgi prezidentlik kampaniyasini noqonuniy moliyalash bo‘yicha boshqa jinoyat ishlarida ham sudlangan edi.

Kiritildi: 19:05 25.09.2025. O'qildi: 555 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!