Bugun 28 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Ziroat Mirziyoyeva raisligida BMT Bosh Assambleyasi doirasida Forum bo‘lib o‘tdi

Ziroat Mirziyoyeva raisligida BMT Bosh Assambleyasi doirasida Forum bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston Respublikasining Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva raisligida BMT Bosh Assambleyasi doirasida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va "St. Jude" bolalar tadqiqot shifoxonasi bilan birgalikda "Saraton va boshqa hayot uchun xavfli kasalliklarga chalingan bolalarning yashovchanligini oshirish va azob-uqubatlarini kamaytirish bo‘yicha global harakat" mavzusida forum bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston tarixida ilk bor bunday yuksak darajada, jahon sog‘liqni saqlash sohasi uchun o‘ta dolzarb masalaga bag‘ishlab tashkil etildi. Tadbir ko‘plab mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar va ekspertlar e’tiborini tortdi. Unda Ziroat Mirziyoyeva jahon hamjamiyatini saratonga chalingan bolalarning yashovchanligini yaxshilash borasida chora ko‘rish masalasida birlashishga chaqirdi.

Tadbirda dunyoning qariyb barcha mintaqalaridagi mamlakatlardan kelgan birinchi xonimlar – Turkiya, Ozarbayjon, Angola, Vyetnam, Gvatemala, Serbiya Prezidentlari rafiqalari va boshqalar ishtirok etdi.

Kiritildi: 12:18 25.09.2025. O'qildi: 725 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!