Bugun 28 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Evropa Komissiyasi prezidenti yana mojaroga aralashib qoldi

Evropa Komissiyasi prezidenti yana mojaroga aralashib qoldi

Evropa Komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen atrofida yana bir "matnli xabarlar mojarosi" avj oldi.

Bu haqda Yevroparlamentning vengriyalik deputati Kinga Gal ijtimoiy tarmoq orqali ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ombudsmani fon der Lyayenning Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan Yevropa Ittifoqining MERKOSUR (Janubiy Amerika mamlakatlari uchun umumiy bozor) bilan kelishuviga doir maxfiy yozishmalari bo‘yicha tekshiruv boshlagan.

"Pfayzergeyt" mojarosida bo‘lgani kabi, bu xabarlar ham yo‘qoldi. Bu holat Yevrokomissiya faoliyatida shaffoflik yo‘qligini yana bir bor ko‘rsatadi. Bizga maxfiy muzokaralar va g‘oyib bo‘layotgan xabarlar emas, Yevropa Ittifoqi institutlarida chinakam shaffoflik kerak", deb yozadi u.

May oyida Yevropa Ittifoqi Adliya sudi Komissiyani fon der Lyayen va Pfizer bosh direktori o‘rtasidagi xabar almashinuvini oshkor etishdan bosh tortganini oqlamaganligi uchun qaror chiqardi.

Kiritildi: 11:07 25.09.2025. O'qildi: 925 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!