Bugun 27 sentyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Xomanaiy: "AQSh bilan muzokaralar Eronga hech qanday naf keltirmaydi"

Xomanaiy: "AQSh bilan muzokaralar Eronga hech qanday naf keltirmaydi"

Hozirgi vaziyatda AQSh bilan olib borilayotgan muzokaralar Eronga hech qanday foyda keltirmaydi.

Bu haqda Eron oliy rahnamosi Ali Xomanaiy ma’lum qildi.

"Hozirgi vaziyatda AQSh hukumati bilan muzokaralar, birinchi navbatda, milliy manfaatlarimizga xizmat qilmaydi, bizga hech qanday foyda keltirmaydi va hech qanday zararning oldini olmaydi" - dedi u Eron xalqiga telemurojaati chog‘ida.

Eron rahbarining so‘zlariga ko‘ra, AQSh istagan va muhokama qilayotgan muzokaralar "muloqot emas" diktadir".

"Chunki Amerika tomoni muzokaralar natijasini oldindan belgilab qo‘ygan, ya’ni uranni boyitish va Erondagi barcha yadroviy faoliyatlar to‘xtatilishi yagona natija bo‘lishini e’lon qilgan", - deya ta’kidladi Xomanaiy.

2025 yilda Eron-AQSh yadroviy muzokaralarining besh raundi Isroilning Islom Respublikasiga qarshi harbiy amaliyotini boshlashi va AQShning Eron yadroviy inshootlariga havo hujumi uyushtirishi sabab natijasiz yakunlandi. Bir vaqtning o‘zida "evrouchlik" mamlakatlari vakillari Tehron bilan muzokaralar o‘tkazdi, biroq Eron yadro dasturi bo‘yicha yangi kelishuvga vositachilik qila olmadi.

Kiritildi: 10:45 24.09.2025. O'qildi: 556 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!