Bugun 26 sentyabr, 2025 yil, juma

КИР

BBC: Filippinning sobiq prezidenti Rodrigo Duterte insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblanmoqda

 BBC: Filippinning sobiq prezidenti Rodrigo Duterte insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblanmoqda

Xalqaro jinoiy sud prokurorlari ma’lumotlariga ko‘ra, Rodrigo Duterte Filippin hukumati tomonidan e’lon qilingan “giyohvandlikka qarshi urush” davomida sodir etilgan kamida 76 ta qotillikka aloqador bo‘lishi mumkin.

"Ayblov qamrab olgan davr mobaynida qurbonlar soni bundan ancha ko‘p bo‘lgan, bu esa hujumlarning keng ko‘lamli xarakteri bilan tasdiqlanadi", deyiladi Xalqaro jinoiy sud prokurorlarining bayonotida.

Huquq himoyachilarining fikricha, Duterte e’lon qilgan giyohvandlikka qarshi urushda, shu jumladan sudsiz qatl etishlar natijasida, minglab odamlar halok bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Sobiq prezidentning o‘zi esa, mamlakatni ko‘cha jinoyatlaridan xalos etish maqsadida giyohvand moddalar sotuvchilarga qarshi kurashganini bildirgan.

Kiritildi: 16:35 23.09.2025. O'qildi: 579 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!