«O‘zenergoinspeksiya» Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbiri davomida Qo‘gon tumanida joylashgan, ulgurji neft mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi “I.-S.” MCHJda 59,8 tonna Ai-80 markali avtobenzin davlat standartlari talablariga mos kelmasligi — ya’ni sifatsiz ekani aniqlandi.
🔍 O‘zbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 43-moddasiga asosan, ushbu qoidabuzarlik natijasida realizasiya qilingan neft mahsuloti qiymatining 50 foizi miqdorida — 288,9 million so‘mlik jarima qo‘llanildi.
Shuningdek, qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan MCHJda saqlanayotgan qoldiq sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqarmaslik va uning sifatini qayta tiklash bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
Energiya resurslari bilan bog‘liq tadbirlarda davlat standartlariga amal qilish har bir tadbirkorning bevosita mas’uliyati ekanini eslatib o‘tamiz.