Bugun 24 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Estoniya BMT Xavfsizlik Kengashining yig‘ilishini chaqirdi

Estoniya BMT Xavfsizlik Kengashining yig‘ilishini chaqirdi

Estoniya Rossiyani havo makoni buzilishida ayblab, ushbu masalani muhokama qilish uchun BMT Xavfsizlik Kengashining yig‘ilishini chaqirdi

Mazkur yig‘ilish Tallinning talabi bilan chaqirilganini BNS agentligi Estoniya tashqi ishlar vaziri Margus Sahknaga tayanib xabar berdi.

Estoniya 19 sentyabrda Rossiyaning uchta MiG-31 qiruvchi samolyoti o‘zining havo hududini buzganini ma’lum qildi. Rossiya esa buni inkor qilmoqda.

Ushbu hodisa munosabati bilan Estoniya NATO'ga a’zo davlatlar bilan Shimoliy Atlantika shartnomasining 4-moddasiga binoan maslahatlashuvlar o‘tkazishni ham talab qildi.

Reuters xabariga ko‘ra, Shimoliy Atlantika Kengashi mazkur masalani muhokama qilish uchun seshanba kuni yig‘ilish o‘tkazadi.

Kiritildi: 22:00 21.09.2025. O'qildi: 710 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!