Bugun 24 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Suriya prezidenti so‘nggi qariyb 60 yil ichida birinchi marta AQShga tashrif buyurdi

Suriya prezidenti so‘nggi qariyb 60 yil ichida birinchi marta AQShga tashrif buyurdi

Bu haqda SANA xabar bermoqda.

Ahmad ash-Sharaa BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida ishtirok etish uchun Nyu-Yorkka yetib keldi, deya xabar bermoqda agentlik.

Suriya yetakchisiga to‘rt nafar vazir hamrohlik qilmoqda. Tashrif davomida Suriya va AQSh o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarni tiklash, jumladan, Vashingtonda Suriya elchixonasini rasman ochish masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda.

Bir vaqtlar AQSh Ahmad ash-Sharaaning boshi uchun 10 mln dollar mukofot e’lon qilgan va 11 kun ichida u jangari guruh yetakchisidan davlat rahbariga aylangan edi.

Kiritildi: 21:15 21.09.2025. O'qildi: 920 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!