Bugun 24 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Kamerun Prezidentining qizi otasiga ovoz bermaslikka chaqirdi

Kamerun Prezidentining qizi otasiga ovoz bermaslikka chaqirdi

Kamerun Respublikasining amaldagi prezidenti Pol Biyyaning yagona qizi Brenda Biyya ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Kamerun aholisini otasiga ovoz bermaslikka chaqirgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan rolikda u otasi uchun ovoz bermasligini ta’kidlagan. Shuningdek, u fuqarolarni saylovlarda Pol Biyyani qo‘llab-quvvatlamaslikka chaqirdi.

Brenda unda ota-onasi bilan barcha aloqalarni uzganini, oilasi unga yomon munosabatda bo‘lganini va uning o‘limini xohlayotganini aytgan. Shuningdek, u odamlarga saylovda 8 marta qatnashayotgan 92 yoshli otasi Pol Biyyaga ovoz bermaslikka chaqirgan.

Bundan tashqari, qiz amaldagi prezident tarafdorlari, jumladan, yaqin qarindoshlaridan kelayotgan tahdidlar haqida gapirib, o‘z xavfsizligidan xavotirda ekanini bildirdi. Keyinchalik rolik uning sahifasidan olib tashlanganiga qaramay, video mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida tarqalishga ulgurdi.

Avvalroq 92 yoshli Pol Biyya 12 oktyabrda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida ishtirok etishi haqida rasmiy bayonot bergandi.

Kiritildi: 20:49 21.09.2025. O'qildi: 974 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!