Bugun 24 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Fransiya dushanba kuni Falastinni tan oladi, bu HAMASni yakkalashning eng yaxshi yo‘li — Emmanuel Makron

Fransiya dushanba kuni Falastinni tan oladi, bu HAMASni yakkalashning eng yaxshi yo‘li — Emmanuel Makron

Fransiya prezidenti Parij BMT Bosh Assambleyasi tadbirlari doirasida dushanba kuni Falastin davlatini rasman tan olishini e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qadam “mintaqadagi kengroq tinchlik tashabbusining bir qismi” bo‘ladi.

"Men Falastin prezidenti Mahmud Abbos bilan muzokaralar olib bordim. Menimcha, Falastin davlatini tan olish HAMASni yakkalashning eng yaxshi yo‘li hisoblanadi", — dedi Makron.

Fransiya prezidenti, shuningdek, Isroilning Iordan daryosining g‘arbiy sohilidagi Falastin yerlarini egallashga urinishini "qizil chiziq" deb atadi.

Ma’lumot uchun, Falastin BMTga a’zo 148 davlat tomonidan tan olingan. Dunyoning 95 mamlakatida Falastin elchixonalari va doimiy vakolatxonalari faoliyat yuritadi.

Kiritildi: 17:07 21.09.2025. O'qildi: 652 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!