Bugun 24 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Andijonda irrigasiya tizimiga tegishli yerni sotib yubormoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Andijonda irrigasiya tizimiga tegishli yerni sotib yubormoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Andijon viloyatida “Norin-Qoradaryo” irrigasiya tizimlari xavza boshqarmasi balansidan 10 sotix yer maydoni olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrixon tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqaro M.A. fuqaro S.T.ning ishonchiga kirib, unga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish hamda qo‘shimcha ob’ekt qurish uchun Shahrixon tumani, “Norin-Qoradaryo” irrigasiya tizimlari havza boshqarmasi balansidagi 10 sotix yer maydonini go‘yoki kadastr bo‘limida ishlovchi tanishlari orqali noturar joy sifatida kadastr hujjatlarini tayyorlab olib berishi evaziga 32 000 AQSh dollari berishi kerakligini aytgan. Shundan 18 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 13:09 21.09.2025. O'qildi: 520 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!