Xalq demokratik partiyasi moped va skuterlarda non topayotgan 130 mingdan ortiq kuryer manfaatini himoya qilib chiqdi.
Partiya haydovchilik guvohnomasi va davlat raqami olish talablarini joriy etish muddatini keyingi yilga qoldirish, shuningdek, to‘lovlar va muddatlarni qayta ko‘rib chiqishni taklif etdi.
Bayonotda ta’kidlanishicha, aholining kambag‘al qatlamlari va o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarni qiyin ahvolga solish o‘rniga, ular uchun yengil va innovasion yechimlarni topish maqsadga muvofiq.