Bugun 24 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Germaniyada deportasiyalarning qariyb uchdan ikki qismi amalga oshmay qolmoqda

Germaniyada deportasiyalarning qariyb uchdan ikki qismi amalga oshmay qolmoqda

2025 yilning birinchi yarmida Germaniya 11 807 nafar chet el fuqarosini mamlakatdan chiqargan, deb xabar bermoqda Germaniya Ichki ishlar vazirligi. Biroq 17 593 ta deportasiya rejasi amalga oshmagan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 16 918 ta deportasiya ishi hali federal polisiyaga topshirilmasidan bekor qilingan, yana 675 ta holat esa jarayon davomida to‘xtatilgan.

Bu holatlar ko‘pincha byurokratik sabablar bilan izohlanadi: «o‘tkazish amalga oshirilmadi» yoki «so‘rov bekor qilindi», degan baho bilan.

Natijada, amalga oshirilishi rejalashtirilgan deportasiyalarning qariyb uchdan ikki qismi – 60% dan ortig‘i samarasiz yakunlanmoqda.

Germaniya kansleri Fridrix Mers va undan oldingi rahbarlar deportasiyalar sonini oshirishga va’da bergan edilar, ammo amalda mamlakatning migrasiya tizimi deyarli falaj holatda ekani ko‘rinmoqda.

Muammoning asosiy sababi — panoh so‘rovi rad etilgan shaxslar qarorni bir necha marta — hatto 8 martacha — shikaoyat qilishi mumkinligi. Shu yo‘l bilan ular yillab Germaniyada qolib ketishlari, bu vaqtda esa davlat tomonidan to‘liq ta’minot olishda davom etishlari mumkin.

Bundan tashqari, ma’muriy sudlar va Federal migrasiya idorasining ortiqcha yuklama ostida ishlayotgani vaziyatni yanada og‘irlashtirmoqda.

Kiritildi: 08:37 21.09.2025. O'qildi: 476 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!