Prezident Donald Trampning aytishicha, agar Kongressdagi respublikachilar va demokratlar federal byudjetni moliyalashtirish masalasida kelishuvga erisha olmasa, hukumat 1 oktyabrdan boshlab vaqtincha yopilishi mumkin.
“Biz demokratlar bilan muzokaralarni davom ettiramiz, ammo mamlakat bir muddat yopilishi ehtimoli bor. Shu vaqtda biz harbiy va ijtimoiy xavfsizlikka e’tibor qaratamiz”, — dedi Tramp Oq uydagi matbuot anjumanida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat yopilsa, demokratlar ilgari surgan qator tashabbuslarni moliyalash imkoniyati bo‘lmaydi. Shu bilan birga, Senatning Vaksillar palatasi tomonidan ma’qullangan qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlashi zarurligini ta’kidladi.
Tramp ta’kidlaganidek, Senatda respublikachilar 53 ovozga ega, biroq hujjat qabul qilinishi uchun 60 ta ovoz kerak. Shu sababli demokrat senatorlarining ham qo‘llab-quvvatlashi muhim, ammo bunga ishonch past.