Bugun 21 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Evrokomissiya Rossiyaga qarshi 19-sanksiyalar paketiga rossiyaliklarga Shengen vizalarini berish cheklovlarini kiritmaslikka qaror qildi — Ursula fon der Lyayen

Evrokomissiya Rossiyaga qarshi 19-sanksiyalar paketiga rossiyaliklarga Shengen vizalarini berish cheklovlarini kiritmaslikka qaror qildi — Ursula fon der Lyayen

Evropa Komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen va Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat bo‘yicha rahbari Kaya Kallas Rossiyaga qarshi yangi, 19-sanksiyalar paketini taqdim etdi. Yangi cheklovlar doirasida quyidagilar taklif qilinmoqda:

◾️ Yevropa Komissiyasi Rossiya nefti uchun narx chegarasini barreliga 47,6 dollar etib belgilash;

◾️ Rossiya va xorijiy davlatlarning 45 ta kompaniyasi hamda “soya floti”ning 118 ta kemaga qarshi sanksiyalar joriy etish;

◾️ 2027 yil 1 yanvardan boshlab Rossiyadan suyultirilgan gaz importini to‘xtatish;

◾️ Yevropa Ittifoqi Rossiyaning “Mir” to‘lov tizimiga qarshi cheklovlar kiritishni rejalashtirmoqda;

◾️ “Rosneft” va “Gazpromneft” bilan barcha bitimlarni to‘liq taqiqlash;

◾️ Uchinchi davlatlar, jumladan Xitoyning Rossiya mudofaa sanoatiga ko‘rsatgan yordamiga qarshi sanksiyalar joriy etish;

◾️ Rossiya, Hindiston va Xitoy sanoatiga eksport nazoratini kuchaytirish;

◾️ Kimyoviy moddalar, metallar va tuzlarning ayrim turlarini eksport qilish taqiqlash.

Kiritildi: 18:52 19.09.2025. O'qildi: 647 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!