Bugun 17 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekiston elchisi Yaponiya adliya vaziri bilan uchrashdi

O‘zbekiston elchisi Yaponiya adliya vaziri bilan uchrashdi

O‘zbekiston elchisi Muhsinxo‘ja Abdurahmonov Yaponiya adliya vaziri, Yaponiya parlamentining O‘zbekiston bilan do‘stlik ligasi ijro qo‘mitasi raisi Keysuke Suzuki bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Uchrashuv avvalida Keysuke Suzuki O‘zbekiston va Yaponiyani uzoq yillik tarixga ega o‘zaro ishonch va do‘stlik rishtalariga asoslangan aloqalar bog‘lab turishi ta’kidlandi. Hozirgi murakkab geosiyosiy vaziyatda Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda Yaponiya uchun O‘zbekiston muhim strategik hamkor mamlakat ekani bildirildi.

"Shu yil may oyida O‘zbekistonga amalga amalga oshirgan tashrifim juda samarali bo‘ldi. Tashrif doirasida erishilgan kelishuvlar natijasida Yaponiya hukumati 2026 yilda ilk bor Yaponiya va Markaziy Osiyo davlatlari adliya vazirlari yig‘ilishini o‘tkazishni rejalashtirmoqda", – dedi u.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi keng qamrovli o‘zaro aloqalarni rivojlantirish va chuqurlashtirish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

Kiritildi: 11:40 14.09.2025. O'qildi: 539 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!