Bugun 17 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Quvada Cobalt va Matiz to‘qnashdi

Quvada Cobalt va Matiz to‘qnashdi

Quva tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan munosabat berildi. 2025 yil 12-sentyabr kuni 16-30 larda, Quva tumani “Turk” M.F.Y hududidan o‘tgan, D-105 “Farg‘ona xalqasi” avtomobil yo‘lining 194-km.da. 2005 yilda tug‘ilgan haydovchi I.A. “Kobalt” rusumli avtomobilini boshqarib ketayotib, qarama qarshi yo‘nalishga o‘tib xarakatlanishi oqibatida qarama qarshi yo‘nalishda kelayotgan 1999 yilda tug‘ilgan haydovchi SH.A. boshqaruvidagi “Matiz” rusumli avtomobili bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan. Dastlabki ma’lumotga ko‘ra yo‘l-transport hodisasi natijada transport vositalariga texnik shikast yetgan va unda bo‘lgan hadovchi va yo‘lovchilar shifoxonaga yuborilgan.

Kiritildi: 11:29 14.09.2025. O'qildi: 649 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!