Bugun 17 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Xitoy AQShga qarshi chiplar bo‘yicha ikki tekshiruvni boshladi

Xitoy AQShga qarshi chiplar bo‘yicha ikki tekshiruvni boshladi

Xitoy Amerika Qo‘shma Shtatlarining yarimo‘tkazgichlar (chiplar) sohasiga qarshi ikki tekshiruvni boshladi. Bu haqda Bloomberg nashri xabar berdi.

Xitoy Savdo vazirligi ma’lum qilishicha, mamlakatda Texas Instruments va Analog Devices kompaniyalari tomonidan eksport qilinayotgan mikrosxemalarga nisbatan antidemping tekshiruvi boshlangan. Shuningdek, AQShning xitoylik chip ishlab chiqaruvchilariga qarshi siyosati yuzasidan antidiskriminasiya tekshiruvi ham olib borilmoqda.

Vazirlik AQShning proteksionistik amaliyoti Xitoyni kamsitayotganini va bu sun’iy intellekt kabi ilg‘or texnologiyalarning rivojiga to‘siq bo‘layotganini ta’kidladi.

Bloomberg manbasiga ko‘ra, antidemping tekshiruvi taxminan bir yil davom etadi va zarurat tug‘ilsa, yana olti oyga uzaytirilishi mumkin.

Kiritildi: 10:58 14.09.2025. O'qildi: 691 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!