Bugun 12 sentyabr, 2025 yil, juma

КИР

Farg‘onada 8 500 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotini O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara hududidan kesib o‘tuvchi ariqdan olib o‘tayotgan shaxslar ushlandi

Farg‘onada 8 500 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotini O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara hududidan kesib o‘tuvchi ariqdan olib o‘tayotgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Rishton tumani bo‘limi hamda DXX chegara qo‘shinlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro SH.D. qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan B.P.ning topshirig‘iga asosan umumiy bahosi 297,5 mln so‘mlik xorijda ishlab chiqarilgan jami 8 500 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotini O‘zbekiston Respublikasi bilan Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasidagi chegara qismini kesib o‘tgan suv arig‘idan oqizgan holda, O‘zbekiston hududiga olib o‘tgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 17:57 09.09.2025. O'qildi: 478 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!