Bugun 12 sentyabr, 2025 yil, juma

КИР

Yangi uylarning birinchi qavatida bog‘chalar ochiladi

Yangi uylarning birinchi qavatida bog‘chalar ochiladi

Mamlakat bo‘ylab yil davomida 2 mingta ko‘p qavatli uy qurilayotgan bo‘lib, ularning to‘rtdan biri — “Yangi O‘zbekiston” massivlarida barpo etilmoqda.

Bunday massivlarda uylarning birinchi qavatida 100 o‘rinli xususiy bog‘cha ochish tajribasi Bektemir va Yangihayot tumanlarida amalga oshirilgan. Endi ushbu tajriba barcha tuman va shaharlarda qo‘llanilishi belgilandi.

Ochiq muloqotda 80 ta tuman uchun belgilangan imtiyozlar yangi ko‘p qavatli uylarning birinchi qavatida bog‘cha ochadigan tadbirkorlarga ham tatbiq etilishi ma’lum qilindi.

Shuningdek, mutasaddilarga yangi qurilayotgan uylarda bog‘cha tashkil qilish tartibini ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.

Kiritildi: 14:12 09.09.2025. O'qildi: 560 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!