Bugun 12 sentyabr, 2025 yil, juma

КИР

Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirining barcha o‘rinbosarlari ishdan olindi

Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirining barcha o‘rinbosarlari ishdan olindi

Prezident farmoni va qarori bilan Prezident Administrasiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktori Adxam Xudaykulov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan hamda Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi huzuridagi Innovasion rivojlanish agentligi direktori Sharof Rajabbayev lavozimidan ozod etildi.

Joriy yil boshidan xalqaro fan olimpiadalarida o‘quvchilarimiz 195 ta medalni qo‘lga kiritdi. Ularga oshirilgan stavkada jami 10 milliard so‘m, murabbiy o‘qituvchilariga esa 3,5 milliard so‘m pul mukofoti beriladi.

Xorijiy til egalari jalb qilingan 1 mingdan ziyod maktabda til bo‘yicha sertifikat olgan o‘quvchilar soni bir yilda 2,5 barobar ko‘paydi.

To‘g‘ri, maktabgacha va maktab ta’limida o‘zgarishlar bo‘lyapti, dasturlar ishlayapti, natijalar bor. Lekin kasb-hunar va oliy ta’limga mas’ul mutasaddilar haligacha ta’limdagi islohotlar mazmunini to‘liq tushunib yetgani yo‘q”, – dedi davlatimiz rahbari.

Shu bois, oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirining barcha o‘rinbosarlari – birinchi o‘rinbosar Shoxruh Daliyev, o‘rinbosarlar Otabek Mahkamov va Sarvarxon Buzrukxonov ishdan olingani e’lon qilindi.

Shuningdek, Prezident farmoni va qarori bilan Prezident Administrasiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktori Adxam Xudaykulov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan hamda Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi huzuridagi Innovasion rivojlanish agentligi direktori Sharof Rajabbayev lavozimidan ozod etildi.

Endilikda maktabgacha va maktab ta’limi hamda oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirlari, ularning o‘rinbosarlari, hokimlar preventiv va proaktiv ishlashga o‘tib, ta’limning barcha yo‘nalishlarida katta o‘zgarish qilishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Kiritildi: 13:48 09.09.2025. O'qildi: 849 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!