Bugun 12 sentyabr, 2025 yil, juma

КИР

Avtomobillar uchun ekostikerlar joriy etilishi kechiktirildi

Avtomobillar uchun ekostikerlar joriy etilishi kechiktirildi

Hukumatning joriy yil 4 sentyabrdagi 562-son qarori bilan avtomobillardan atmosferaga chiqayotgan ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarini qisqartirish bo‘yicha «Ekologik transport» tizimini joriy etish muddati 2026 yil 1 yanvarga qadar kechiktirildi.

Hujjatga muvofiq, «Ekologik transport» tizimi:

  • birinchi bosqichda (2025-2027 yillarda) – Toshkent shahrida;
  • ikkinchi bosqichda (2028-2030 yillarda) – Nukus shahri va viloyatlar markazlarida hamda, zaruratga ko‘ra, alohida ekologik zonalarda (sayyohlik markazi, tabiat qo‘riqxonasi, sog‘lomlashtirish hamda dam olish maskanlari va boshqalar);
  • uchinchi bosqichda (2031-2034 yillarda) – boshqa barcha hududlarda ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Qarorda belgilanishicha, avtotransportning ekologik me’yorlarga muvofiqligini baholash uchun ishlab chiqaruvchining ekologik sinf («Evro») haqidagi ma’lumotlari qo‘llaniladi.

Ekologik sinfga mansubligini aniqlash imkoni bo‘lmagan transport vositalarining normativlarga mosligi Ichki ishlar vazirligining «Innovasiya loyihalari va aholiga servis xizmatlari ko‘rsatish markazi» davlat unitar korxonasi tomonidan diagnostika tekshiruvidan o‘tkaziladi va aniqlanadi.

Tashlanmalarning zararlik darajasiga qarab avtomobilga yashil, sariq yoki qizil stiker beriladi.

Eslatib o‘tamiz, ekostikerlarni joriy etish Hukumatning 2024 yil 29 martdagi 166-son qarori bilan 2025 yil 1 mart etib belgilangan edi.

Kiritildi: 12:06 09.09.2025. O'qildi: 459 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!