Bugun 8 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

EI AQShning Rossiya neftidan voz kechish masalasidagi qo‘llab-quvvatlovini mamnuniyat bilan qabul qiladi

EI AQShning Rossiya neftidan voz kechish masalasidagi qo‘llab-quvvatlovini mamnuniyat bilan qabul qiladi

Bu haqda Yevroittifoqning energetika bo‘yicha komissari xabar berdi.

Dan Yorgensenning so‘zlariga ko‘ra, bunday qadamlar Moskvani Ukrainadagi urushni davom ettirish uchun moliyaviy manbalardan mahrum qiladi.

"Hozirda Yevropa Ittifoqi 2028 yilga borib Rossiyadan neft va gaz importini to‘liq to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Rossiya energiya resurslaridan voz kechish bu vaqtinchalik sanksiya emas. Hatto tinchlik o‘rnatilgan taqdirda ham, Rossiyadan energiya resurslarini import qilishimizga hojat bo‘lmaydi", — dedi yevrokomissar Kopengagen shahrida o‘tkazilgan Yevroittifoq mamlakatlari energetika vazirlari yig‘ilishida.

Yorgensenning qayd etishicha, Vashingtonning ushbu strategiyani ochiqchasiga qo‘llab-quvvatlashi nihoyatda muhim hisoblanadi.

Kiritildi: 21:25 05.09.2025. O'qildi: 795 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!