Bugun 8 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Fiso va Zelenskiy Ujgorodda uchrashdi

Fiso va Zelenskiy Ujgorodda uchrashdi

Bu haqda "Meduza" nashri xabar bermoqda.

Slovakiya bosh vaziri Robert Fiso va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning uchrashuvi haqida bir necha kun oldin xabar qilingan edi.

Nashrning xabar berishicha, uchrashuv yakunida yetakchilar matbuot anjumani o‘tkazishdi, biroq xavfsizlik choralari sababli u jonli efirda namoyish etilmadi.

Fiso Ukrainaga birinchi marta tashrif buyurgani yo‘q. U so‘nggi bor 2024 yil yanvarda ham Ujgorodga kelgan bo‘lib, Ukrainaning o‘sha paytdagi bosh vaziri Denis Shmigal bilan uchrashgan edi.

Kiritildi: 21:19 05.09.2025. O'qildi: 851 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!