Bugun 8 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Rossiya FVV Afg‘onistonga 20 tonna gumanitar yordam yubordi

Rossiya FVV Afg‘onistonga 20 tonna gumanitar yordam yubordi

Qayd etilishicha, zilziladan jabrlangan hudud aholisiga Il-76 samolyoti orqali 20 tonna oziq-ovqat mahsulotlari yetkazilmoqda.

Tashabbus shaxsan Vladimir Putin ko‘rsatmasi va hukumat topshirig‘i asosida amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 31 avgust kuni Afg‘oniston sharqida 6,2 magnitudali vayronkor zilzila sodir bo‘ldi. Uning o‘chog‘i 8 metr chuqurlikda bo‘lgan. Kuchli yer osti silkinishlari butun qishloqlarni vayron qildi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda zilzila oqibatida 2,2 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan, 3,6 mingdan ko‘prog‘i tan jarohati olgan.

Kiritildi: 20:15 05.09.2025. O'qildi: 795 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!