Bu haqda SAXAL vakili, brigada generali Efi Defrin ma’lum qildi.
"G‘azodagi operasiya kengayadi va kuchayadi. Biz HAMASni hamma joyda ta’qib qilishda davom etamiz", — dedi Defri.
SAXAL vakilining so‘zlariga ko‘ra, hozirda Zaytun va Shayx Radvan hududlarida bo‘linmalar ishlamoqda. Defrinning ta’kidlashicha, harbiy missiya faqat isroillik barcha garovga olinganlar ozod qilinganidan va HAMAS yo‘q qilingandan keyingina tugaydi.