Hukumat qarori (560-son, 03.09.2025 y.) bilan “O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqiladigan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
🔰 Nizomga ko‘ra, olib chiqilayotgan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash tovarlarning ixtiyoriy yoki soxta bojxona qiymatidan foydalanishga asoslanmasligi kerak.
✅ Olib chiqiladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash quyidagi usullar orqali amalga oshiriladi:
▪️ 1-usul: olib chiqiladigan tovarga doir bitimning qiymati bo‘yicha;
▪️ 2-usul: aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymati bo‘yicha;
▪️ 3-usul: o‘xshash tovarga doir bitimning qiymati bo‘yicha;
▪️ 5-usul: qiymatlarni qo‘shish asosida;
▪️ 6-usul: zaxira usul.
📙 1-usul olib chiqiladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlashning asosiy usuli hisoblanadi.
💹 Agar olib chiqiladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlashning 1-usulini qo‘llash mumkin bo‘lmasa, boshqa usullar ketma-ketlikda qo‘llaniladi.
📄 Bojxona qiymatini aniqlashning boshlang‘ich nuqtasi har doim haqiqatda to‘langan yoki to‘lanishi lozim bo‘lgan qiymatni, ya’ni sotib oluvchi sotuvchiga to‘lagan yoki to‘lashi lozim bo‘lgan haqiqiy xarajatlarni belgilash hisoblanadi.