Tashqi ishlar vaziri Maksim Prevo ma’lum qilishicha, mamlakat 2025 yil 9 sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasida Fransiya va Saudiya Arabistoni tashabbusiga qo‘shiladi.
Sanksiyalar doirasida noqonuniy isroillik posyolkalar mahsulotlarini import qilish taqiqlanadi hamda isroillik kompaniyalardan xaridlar qayta ko‘rib chiqiladi.
Prevoning ta’kidlashicha, bu G‘azodagi voqealar va xalqaro huquq buzilishlariga javob sifatida «kuchli ishora» hisoblanadi.
Avvalroq Fransiya, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Kanada, Malta va Portugaliya ham shunga o‘xshash qarorlarni qabul qilgan edi.