Qo‘shma Shtatlar prezidenti tegishli farmonni bugun imzolashi kutilmoqda, deya xabar bermoqda telekanal Oq uy amaldoriga tayanib.
Yangi nomni Mudofaa vazirligi uchun muqobil sifatida ishlatish mumkin bo‘ladi. Uning rahbari Pit Hegset esa endi “urush vaziri” deb ataladi. Farmonga ko‘ra, Hegset yangi nomni doimiy asosda qo‘llash uchun qonunchilik va ijro choralarini ishlab chiqishni taklif etishi kerak.
Ma’lumot uchun Pentagon 1949 yilgacha “Urush vazirligi” deb atalgan, shundan keyin “Mudofaa vazirligi” deb qayta nomlangan.