Bugun 8 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Zelenskiy Putin bilan muzokaralar uchun Moskvaga borishdan bosh tortdi

Zelenskiy Putin bilan muzokaralar uchun Moskvaga borishdan bosh tortdi

Ukraina prezidenti bu haqda Parijda o‘tkazilgan “Ko‘ngillilar koalisiyasi” uchrashuvidan so‘ng ma’lum qildi.

"Amerikalik hamkorlarimiz bizga Putin meni Moskvaga taklif qilganini aytishdi. Menimcha, agar uchrashuv bo‘lishini istamasangiz, meni Moskvaga taklif qilishingiz kerak", — dedi Ukraina yetakchisi.

Shu bilan birga, Zelenskiy uchrashuv o‘tkazilishi kerakligini ta’kidladi va Putinni uni ataylab kechiktirishda aybladi.

Vladimir Putin bir necha bor Zelenskiy bilan uchrashishga qarshi emasligini bildirgan, biroq bu uchrashuv faqat tinchlik muzokaralarining yakuniy bosqichida bo‘lishi mumkinligini bildirgandi. Shu bilan birga, Putin 3 sentyabr kuni Xitoyda "Agar Zelenskiy tez orada uchrashishni xohlasa, u holda Moskvaga kelsin", — degan edi.

Kiritildi: 13:07 05.09.2025. O'qildi: 967 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!