O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov kecha "Manchester Siti" safida "Brayton"ga qarshi uchrashuv paytida o‘zini noqulay his qilgandi.
Tekshiruvlardan so‘ng futbolchimizning chap oyoq boldir mushagida kichik jarohat borligi aniqlangan. Dastlabki xulosalarga ko‘ra, tiklanish muddati 2 haftani tashkil etishi kutilmoqda.
Shifokorlarning tavsiyasiga binoan Husanov "CAFA Nations Cup" turnirida ishtirok etolmasligi ma’lum bo‘ldi.